QORALAMA — yurist tekshiradi
Ustozlar uchun shartlar
Oxirgi yangilanish: 2026-10-23
Umumiy qoidalar — ommaviy ofertada. Pastda ustoz arizada tasdiqlaydigan qoidalar.
Narx
Narxni ustoz belgilaydi. Soatlik narx kamida 10 000 so'm, qadam 1 000 so'm. Yuqori chegara yo'q. 60 daqiqa doim bor. 30 va 90 daqiqani ustoz alohida yoqadi, har birining o'z narxi bor.
Sinov darsi doim 30 daqiqa. Narxini ustoz yozadi: kamida 10 000 so'm, qadam 1 000 so'm, soatlik narxning yarmidan oshmaydi. Maydon bo'sh bo'lsa, sinov darsi yo'q.
Komissiya
Komissiya o'chiq bo'lsa, u 0%. Beta davrida komissiya olinmaydi. Yoqilganda oddiy ulush 15%. Birinchi 100 tasdiqlangan ustoz 6 oy 10% to'laydi, keyin ko'pi bilan 15%. Har bir darsda o'sha paytdagi ulush saqlanadi. Komissiyani ustoz to'laydi. O'quvchi faqat ko'rsatilgan narxni to'laydi.
Kontakt
Birinchi tasdiqlangan to'lovli brongacha chatda ikki tomonda ham telefon, email va havolalar yashiriladi.
Bekor qilish
Ustoz darsni boshlanishidan oldin istalgan vaqtda bekor qila oladi. O'quvchi to'liq summani oladi. Boshlanishiga 12 soatdan kam qolsa, bitta ogohlantirish yoziladi.
To'lov
Darsdan keyin ulush 48 soat kutadi. Yechishda eng kam summa yo'q. So'rovlar seshanba va juma kunlari ko'riladi. Kalit soliq ushlab qolmaydi.